«O‘zbekekspertiza»ga yangi rahbar tayinlandi
Akrom Vasilov «O‘zbekekspertiza» bosh direktori v.v.b. etib tayinlandi.

Foto: SSP
20 yanvar kuni «O‘zbekekspertiza» kuzatuv kengashining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida Akrom Vasilov tashkilot bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Tayinlovga qadar Vasilov «Markazsanoateksport» davlat-aksionerlik tashqi savdo kompaniyasi hamda «O‘zsanoateksport»da turli mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Yig‘ilish so‘ngida «O‘zbekekspertiza» tomonidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy funksional vazifalar va yo‘nalishlar belgilab olindi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning mart oyida «O‘zbekekspertiza» AJ ustav kapitalidagi davlat ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilgan holda, ushbu ulushni boshqarish funksiyasi ishonchnoma asosida Savdo-sanoat palatasiga berilgan.
Mavzuga oid

14:50 / 04.04.2024
“O‘zbekekspertiza” AJ ISO 37001 standarti bo‘yicha sertifikatlashtirish auditini muvaffaqiyatli yakunladi

16:34 / 17.02.2023
Ozarboyjon delegatsiyasining “O‘zbekekspertiza” AJga tashrifi yakunlandi

22:20 / 27.09.2018
Tadbirkorlar yangi tuzilma tashkil etish taklifini bildirishdi

19:17 / 08.05.2018