Tramp AQShning boshqa davlatlarga yordamini 90 kunga to‘xtatdi
Yordam ko‘rsatilishi yangi ma’muriyatning siyosiy maqsadlariga mos keladimi yoki yo‘qligini aniqlash uchun audit o‘tkaziladi.

Foto: AP
20 yanvar kuni lavozimga kirishgan AQSh prezidenti Donald Tramp boshqa davlatlarga yordam ko‘rsatish dasturlarini 90 kunga vaqtinchalik to‘xtatib turish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda AP xabar berdi.
Qayd qilinishicha, yordam ko‘rsatilishi yangi ma’muriyatning siyosiy maqsadlariga mos keladimi yoki yo‘qligini aniqlash uchun audit o‘tkaziladi.
«Qo‘shma Shtatlardan boshqa hech qanday xorijiy yordam AQSh prezidentining tashqi siyosatiga to‘liq mos kelmaydigan tarzda taqdim etilmaydi», dedi Tramp.
AP xabariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning tashqi yordami umuman olganda, budjetning 1 foizidan ko‘p bo‘lmagan. Ukrainani qo‘llab-quvvatlash kabi alohida holatlar bundan mustasno.
AQSh Davlat departamenti 9 yanvar kuni Rossiya bilan urush boshlanganidan beri Kiyevga harbiy yordam uchun qariyb 66 milliard dollar va 2014 yildan buyon qariyb 70 milliard dollar ajratilganini ma’lum qildi. Boshqa yirik yordam oluvchilar qatorida Isroil (yiliga 3,3 milliard dollar) yiliga), Misr (yiliga 1,5 milliard dollar) va Iordaniya (yiliga 1,7 milliard dollar) bor.
Mavzuga oid

23:36
Ukraina va AQSh Jiddada muzokaralarni yakunladi. Kiyev 30 kunga o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi

20:53
Tramp Kanadadan po‘lat va alyuminiy importiga 50 foizgacha qo‘shimcha bojlar joriy etadi

19:53
Yevropa nimadan qo‘rqmoqda: mintaqa o‘zini himoya qila oladimi?

19:47