Toshkentda «Gazel» urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi
Mirzo Ulug‘bek tumanida «Gazel» yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahar IIBB Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 21 yanvar kuni soat 09:40 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 60 yoshli haydovchi O.S. «GAZ-32221» rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 32 yoshli piyoda D.T.ni urib yuborgan.
So‘ng haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib 35 yoshli Z.Z. boshqaruvidagi BYD rusumli avtomashinasiga to‘qnashgan. To‘qnashuv zarbidan so‘ng BYD 69 yoshli R.T. boshqaruvida bo‘lgan Matiz’ga urilgan.
YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid

08:02
Toshkentda yer silkinishi qayd etildi

17:39 / 11.03.2025
Meksikada avtobuslar ishtirokidagi ikkita YTHda 25 kishi halok bo‘ldi

17:21 / 11.03.2025
Ozoda Nursaidovaning klipini suratga olishda aktrisa qizni avtomobil bosib ketdi

15:27 / 11.03.2025