Rossiya mudofaa vaziri O‘zbekistonga keldi
Tashrif davomida RF mudofaa vaziri Andrey Belousov O‘zbekiston mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhamedov bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Foto: RIA Novosti
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda RF Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya harbiy idorasi rahbari Toshkentga tashrifi davomida O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov, shuningdek, mamlakatning harbiy-siyosiy rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazadi.
«Andrey Belousov Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash masalalarini, shuningdek, Rossiya va O‘zbekistoning harbiy hamda harbiy-texnik hamkorligini muhokama qiladi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 14 may kuni Rossiya prezidenti hukumatning yangi tarkibini tayinlash haqidagi farmonni imzoladi va Andrey Belousov mudofaa vaziri etib tayinlangan edi.
U 1959 yil 17 martda tug‘ilgan, 1981 yilda Moskva davlat universitetining iqtisod fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Belousov so‘nggi 12 yil davomida iqtisodiyot vaziri, prezident yordamchisi va bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Mavzuga oid

00:10
Hindistonda Rossiyaga aloqador navbatdagi «kripto qiroli» hibsga olindi

22:24 / 12.03.2025
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

20:25 / 12.03.2025
Rossiyada qariyb 54 ming qamoqxona noziri yetishmayotgani ma’lum bo‘ldi

18:24 / 12.03.2025