Xitoylik qiz mushugi tufayli ish va mukofotdan mahrum bo‘ldi
Mushuk qizning ishdan bo‘shash haqidagi arizasi qoralamasini tasodifan uning rahbariga jo‘natib yuborgan.

Foto: Shutterstock
Xitoyda yashovchi 25 yoshli qiz yanvar oyi boshida ishdan bo‘shash haqida o‘ylay boshlagan va ariza qoralamasini elektron pochtasiga yozib qo‘ygan. Qizning mushugi tasodifan panjasi bilan xabar yuborish tugmasini bosib, xatni rahbariyatga jo‘natdi, deb xabar bermoqda South China Morning Post.
Qiz ishdan bo‘shashga ikkilanayotgan edi. Chunki uning to‘qqizta mushugi bor, ularni boqish uchun esa pul kerak. Uydagi videokuzatuv kamerasi mushuklardan biri stolga sakrab chiqib, noutbukdagi tugmani bosganini va natijada boshliqqa xabar yuborilganini qayd etgan.
Qiz darhol rahbariyatga murojaat qilib, vaziyatni tushuntirishga uringan, ammo uni tinglashmagan. U nafaqat ishidan ayrildi, balki ko‘plab Xitoy kompaniyalari Bahor bayrami (Xitoy taqvimi bo‘yicha Yangi yil) arafasida beradigan yillik mukofotdan ham mahrum bo‘ldi.
Qiz bayramdan so‘ng yangi ish izlay boshlashini aytdi. Internet foydalanuvchilari qizning ustidan hazillashib, mushuk uning boshlig‘iga katta miqdordagi pulni tejab berganini ta’kidlashmoqda.
Mavzuga oid

15:39 / 11.03.2025
Xitoy AQSh qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bojlar joriy qildi

12:02 / 11.03.2025
Bosh vazir matbuot kotibi O‘zbekistonda «xitoyliklar ko‘payib ketayotgani» haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

22:37 / 10.03.2025
Chirchiqda sobiq texnikum binosi buzilib, o‘rnida Xitoy OTM filiali quriladi

09:21 / 10.03.2025