TikTok AQShdagi faoliyatini qayta tiklashga qaror qildi
TikTok ijtimoiy tarmog‘i Trampning va’dasidan keyin Qo‘shma Shtatlardagi faoliyatini qayta tiklashga kirishdi. Qonunga muvofiq 19 yanvardan mamlakatda uning faoliyati taqiqlangan.

Foto: Global Look Press
TikTok ijtimoiy tarmog‘i AQShdagi faoliyatini qayta tiklashga qaror qildi. Bu haqda platformaning X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan rasmiy bayonotida so‘z boradi.
Kompaniya o‘z qarorini to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning bayonoti bilan bog‘lamoqda — u avvalroq TikTokʼka qarshi qonunning kuchga kirishini kechiktiradigan maxsus qaror chiqarishga va’da bergandi.
«Biz prezident Donald Trampga 170 million amerikalik foydalanadigan ijtimoiy tarmog‘imiz sanksiyalarga uchramasligiga oydinlik kiritgani va ishonch taqdim etgani uchun minnatdorchilik bildiramiz», — deyiladi xabarda.
Tramp imzolashi kutilayotgan qaror qonunning kuchga kirishini 90 kungacha kechiktirishi mumkin. Kompaniya bayonotida aytilishicha, u Tramp bilan «TikTokʼning AQShda qolishiga imkon beradigan uzoq muddatli qaror» ustida ish olib boradi. Donald Tramp bundan oldin ijtimoiy tarmoq ustidan nazorat 50 foizi AQShga tegishli qo‘shma korxona tomonidan amalga oshirilishi kerakligi haqida gapirgandi.
TikTok 19 yanvarga o‘tar kechasi AQShdagi faoliyatini to‘xtatgandi, u App Store va Google Play’dagi ilovalar do‘konidan ham o‘chirib tashlangan. Shu bilan birga, Xitoyning ByteDance kompaniyasiga aloqador CapCut videotahrirchisi va Marvel Snap o‘yini ham yo‘qolib qolgan. Ilovaga kirishga uringan amerikaliklar «Kechirasiz, TikTokʼka hozirda kirib bo‘lmaydi» yozuviga duch kelayotgan edi.
Mavzuga oid

08:30
AQSh Ukrainaga yordam taqdim etishni tikladi

00:42
AQSh va Ukraina moliya vazirlari darajasida nodir metallar bo‘yicha bitimni kelishib oldi

20:53 / 11.03.2025
Tramp Kanadadan po‘lat va alyuminiy importiga 50 foizgacha qo‘shimcha bojlar joriy etadi

19:53 / 11.03.2025