Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya armiyasi ballistik raketalar bilan Kiyevga zarba berdi - fotolar
RF mudofaa vazirligi zarba nishoni «Neptun» raketalari loyihalashtiriladigan «Luch» konstruktorlik byurosi bo‘lganini ma’lum qilgan.

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya harbiylari 18 yanvar tongida Kiyev bo‘ylab zarba berdi. Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichko shaharda Rossiya dronlari va ballistik raketalari hujumini qaytarish uchun havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushganini xabar qilgan.
Merning so‘zlariga ko‘ra, hujum oqibatida Shevchenkovo rayonida noturar joy binosi yonib ketgan, turar joy binosi, suv ta’minot quvuri hamda «Lukyanovskaya» metro bekatiga kirish joyi shikastlangan. Bekat bir necha soatga yo‘lovchilar foydalanishi uchun yopib qo‘yilgan. Guvohlar voqea joyida olgan videoga ko‘ra, quvur yorilishi orqali atrofdagi ko‘chalarni suv bosgan.
Ukraina favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati ham RFning Kiyev bo‘ylab zarbasi joyida ma’muriy bino, biznes markaz hamda do‘kon qisman vayron bo‘lgani, o‘nlab avtomobillar shikastlanganini ma’lum qilgan.
Uch kishi halok bo‘lgan — 43 va 25 yoshlardagi erkaklar hamda 41 yoshli ayol, yana uch kishi yaralangan.
Ukraina qurolli kuchlari havo kuchlari qo‘mondonligi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya armiyasi tunda Ukraina bo‘ylab Shaheed tipidagi 39 ta zarbdor dron va imitator (soxta) dronlar, shuningdek, «Iskander-M»/KN-23 ballistik raketasini uchirgan. Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari ikki raketa va 24 ta dronni urib tushirgan, yana 14 ta imitator dron o‘zi qulab tushgan. «Afsuski, dushmanning Kiyev bo‘ylab zarbasi oqibatida odamlar halok bo‘ldi — urib tushirilgan ballistik raketalar shaharning Shevchenkovo rayoni hududiga quladi», — deyilgan Ukraina qurolli kuchlari bayonotida.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya armiyasining Kiyev bo‘ylab zarbasini sharhlarkan, faqat fuqarolik infratuzilmalari shikastlanini qayd etib o‘tgan: turar joy binosi, metro bekati, do‘konlar, kafe.
Bu vaqtda RF mudofaa vazirligi zarba nishoni «Luch» konstruktorlik byurosi bo‘lganini ma’lum qildi — bu Ukraina harbiy-sanoat kompleksining katta masofaga harakatlanuvchi «Neptun» boshqariluvchi raketalari hamda «Olxa» baravar o‘t ochish tizimlari uchun reaktiv snaryadlar loyihalashtiriladigan hamda ishlab chiqariladigan korxonasidir.
Rossiyalik harbiylar Kiyev bo‘ylab zarbani Belgorod oblastidagi fuqarolik infratuzilmalari amerikaliklarning ATACMS raketalari bilan o‘qqa tutilishiga javob deb atagan. «Zarbadan maqsadga erishildi, barcha obektlar aniq nishonga olindi», — deyilgan RF mudofaa vazirligi xabarida.
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, «Luch» konstruktorlik byurosi Kiyevning Shevchenkovo rayonidagi Ilenko ko‘chasi, 2-uyda, «Lukyanovskaya» metro bekati yaqinida joylashgan.

Sergey Dolzhenko / EPA. / Scanpix / LETA

Sergey Dolzhenko / EPA. / Scanpix / LETA

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Yevhenii Zavhorodnii / Global Images Ukraine / Getty Images

Tetiana Dzhafarova / AFP / Scanpix / LETA
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi
Jahon | 19:50
-
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi
Jahon | 19:30
-
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush vaqtida Rossiyaga 12 milliondan ortiq snaryad yetkazib berdi
Jahon | 18:58
-
SpaceX Isroilga tegishli aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
Jahon | 18:49
Mavzuga oid

16:42
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?

12:59
Tramp o‘zining Ukrainaga ilk harbiy yordamini tayyorlamoqda

23:38 / 12.07.2025
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa

15:10 / 12.07.2025