Xitoyda 2024 yilning eng yaxshi avtomobillari e’lon qilindi
Yil avtomobili nomiga birdaniga 10 ta model loyiq ko‘rildi.

Foto: JustAnotherCarDesigner
Xitoyning Uhan shahrida 11-bor o‘tkazilayotgan Xuanyuan Award mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda “2024 yil avtomobili” mukofoti g‘oliblari ham e’lon qilindi.
Bu nom Li L7, Nio ES6, Jetour T2, Xpeng G6, MG Cyberster, Mhero 917, Lynk&Co 08 EM-P, Deepal S7i, Voyah Passion PHEV va SGMW Bingo avtomobillariga nasib qildi.
Bundan tashqari yangi iste’dodlar va innovatsiyalar uchun maxsus to‘rtta mukofot ham egalariga topshirildi.
Qayd etish joiz, Xuanyuan Award 2013 yilda ta’sis etilgan. Uning tashabbuskorlari Avstriyaning EFS konsalting kompaniyasi va Auto Business Review jurnali hisoblanadi.
Yil avtomobillari dunyoning eng yaxshi ekspertlari tomonidan aniqlab kelinadi.
Mavzuga oid

18:16 / 12.03.2025
WSJ: Xitoy harbiy potensialini oshirish uchun okean tubini faol o‘rganmoqda

15:39 / 11.03.2025
Xitoy AQSh qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bojlar joriy qildi

15:09 / 11.03.2025
O‘zbekistonga gibrid yengil avtomobillar importi 21 barobarga qisqardi

12:02 / 11.03.2025