Trampning savdo siyosatiga Xitoy qanday javob qaytarishi mumkin?
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp saylov kampaniyasi vaqtida Xitoy tovarlariga 60 foiz yoki undan yuqoriroq boj solishini aytgan. Shu bois rasmiy Pekin uning Oq uyga qaytishini o‘zgacha xavotir bilan kutmoqda.

Foto: AP
The Economist'ning yozishicha, dunyoning ikkita eng yirik iqtisodiyoti o‘rtasidagi savdo urushining yangi bosqichga o‘tishi global ta’minot zanjirlariga navbatdagi zarba bo‘ladi, shuningdek, AQShda narx-navo oshishiga sabab bo‘ladi.
Xitoy yetakchisi Si Jinping savdo borasidagi muzokaralarda Tayvan va kommunistik partiya boshqaruvi kabi masalalar tortishuv mavzusi bo‘lolmasligini ochiq aytib o‘tdi.
Nashrga ko‘ra, Xitoy AQShning bosimini yumshatish uchun bir necha strategiyalarni amalga oshirmoqda:
Boshqa davlatlar bilan savdoni kuchaytirish: Xitoy eksportni rag‘batlantirish uchun kredit va logistika xizmatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Qator mintaqalar, xususan Markaziy Osiyo bilan iqtisodiy aloqalarni kuchaytirishga harakat qilmoqda.
Muhim tovarlar eksportini cheklash: Xitoy AQShning texnologiyalar eksportiga cheklovlariga javoban, 2023 yil 1 iyuldan boshlab, galliy va germaniy kabi yuqori texnologiyali minerallarni eksport qilishni taqiqlagan.
Sanoat mustaqilligiga investitsiya kiritish: Xitoy o‘zining yarimo‘tkazgichlar sanoatiga katta mablag‘ kiritib, AQSh texnologiyalariga bo‘lgan bog‘liqlikni kamaytirishga harakat qilmoqda. Ammo bu yo‘nalishdagi ishlar hali yetarlicha rivojlanmagan.
Savdo ziddiyatlari faqat tariflar bilan cheklanmaydi, balki texnologiya urushiga ham tegishli. AQSh Xitoyni zamonaviy yarimo‘tkazgichlar va sun’iy intellekt texnologiyalaridan uzish choralarini ko‘rmoqda. Bunga javoban Xitoy o‘z innovatsiyalariga katta mablag‘ kiritmoqda va Amerika kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar joriy etmoqda.
Mavzuga oid

23:23 / 13.03.2025
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi

23:00 / 13.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi

22:06 / 13.03.2025
AQSh harbiylari Xitoyga qurollar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni sotgani ma’lum bo‘ldi

21:18 / 13.03.2025