Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
Toshkent shahrida fuqaroni olib qochib ketib, urib tan jarohati yetkazgan uch nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro uch nafar shaxs tomonidan «samosud» qilingani aks etgan video tarqaldi. Huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida ma’lum bo‘lishicha, videoda kaltaklangan yigit «zakladka» yo‘li orqali giyohvand moddalarni tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan.

«Biroq u Telegram kanal boshqaruvchisi bergan topshiriqni o‘z vaqtida bajarmasdan, chuv tushirishga uringan. Shundan so‘ng, buyurtmachi uni jazolash maqsadida odam yollagan. Uning rasmini, qachon va qayerga borish haqidagi ma’lumotlarni yetkazib bergan. «Zakladchik» aytilgan manzilga borganida, uni uch nafar noma’lum shaxs kutib olgan va Spark rusumli avtomashinaga o‘tqazib, olib ketgan», — deyiladi xabarda.
Jabrlanuvchi sodir bo‘lgan holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilmagan. Mazkur video tarqalganidan keyin Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlari tomonidan «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olingan.
«Kurer bo‘lib ishlayman, iltimos, militsiyaga topshirmanglar dedi. «Bo‘ldi, xo‘p», deb ko‘chaga olib tushdim, ikki marta shapaloq tushirdim. Tayoq bilan qo‘liga ikki marta urdim», — deydi qo‘lga olingan shaxslardan biri.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi (Odam o‘g‘irlash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Avvalroq oktyabr oyining 10 kuni davomida giyohvandlik vositalarini yashirish yo‘li bilan («zakladka») tarqatuvchi 32 nafar shaxs ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ularning yonidan va yashirgan joylaridan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikistonda chorva orasida kuydirgi kasalligi tarqaldi
Jahon | 18:27
-
Hikmatilla Ubaydullayev Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi ijrochi direktori v.b. etib tayinlandi
Jamiyat | 17:51
-
Shavkat Mirziyoyev Xonkendida Pokiston bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 17:51
-
Chexiyada blekaut yuz berdi
Jahon | 17:45
Mavzuga oid

14:31
Toshkent metrosining 13 ta bekatida kassa yopildi

19:49 / 03.07.2025
Toshkentning 4 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

19:43 / 03.07.2025
Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi

16:15 / 02.07.2025