Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklardan foydalanish tartibiga o‘zgartirish kiritildi
Prezident tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi.
«O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga muvofiq:
- O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar turlaridan ushbu turdagi o‘simliklarni saqlash, muhofaza qilish, takror ko‘paytirish va tiklash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida ularni tabiiy muhitdan ajratib olgan holda foydalanilishi mumkin;
- Qizil kitobga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar turlarining urug‘lari, ko‘chatlari hamda nihollari pitomniklarda va plantatsiyalarda yetishtirilib, tabiiy muhitga ekilganidan keyin uch yil o‘tmasdan avval ularning urug‘larini yig‘ish yoki hosilini olish taqiqlanadi;
- yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni boshqa joylarga ko‘chirishga, shuningdek ularni duragaylashga belgilangan tartibda Fanlar akademiyasining xulosasi inobatga olingan holda, Ekologiya vazirligining qaroriga ko‘ra ilmiy hamda xo‘jalik maqsadlarida yo‘l qo‘yiladi;
- tabiiy omillar yoki o‘simliklar zararkunandalari, kasalliklari ta’sirida zararlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan, shuningdek insonning hayoti va sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga tahdid solayotgan davlat o‘rmon fondi tarkibiga kirmaydigan daraxtlar hamda butalarni kesish Ekologiya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida haq to‘lanmasdan amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada migrantlarning farzandlarini pullik o‘qitish to‘g‘risidagi qonun loyihasi tayyorlandi
Jahon | 14:15
-
Toshkentning Bektemir tumanidagi ko‘pqavatli uyda yong‘in yuz berdi
Jamiyat | 14:06
-
YeI Alyaskadagi sammit oldidan Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi bayonot qabul qildi
Jahon | 13:45
-
Uysizlarni haydayotgan Tramp, G‘azoda halok bo‘lgan jurnalistlar va Ozarboyjonning Ukrainaga yordami – kun dayjesti
Jahon | 13:43
Mavzuga oid

14:24 / 09.06.2025
O‘zbekiston florasida fan uchun yangi o‘simlik turi kashf etildi

08:50 / 16.05.2025
Orol tubida sho‘rlanishga chidamli o‘simlik sinovdan o‘tkazildi

14:21 / 13.03.2025
Toshkentda shifobaxsh o‘simlikdan noyob dori vositasi ishlab chiqarilishi mumkin

13:52 / 02.03.2025