Ukraina F-16 qiruvchi samolyotlarining birinchi partiyasini oldi - OAV
AQSh, Niderlandiya va Daniya 10 iyul kuni Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini topshirganini e’lon qilgan edi.

Foto: Getty Images
Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlari birinchi partiyasi Ukrainaga yetib bordi, deb xabar berdi Bloomberg manbalarga tayanib.
Agentlik manbalarining aytishicha, Ukraina qancha samolyot olgani hali noma’lum. Qayd qilinishicha, iyul oyi oxirigacha belgilangan samolyotlarni yetkazib berish muddati bajarilgan.
AQSh, Niderlandiya va Daniya 10 iyul kuni Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini topshirganini e’lon qilgan edi.
Niderlandiya va Daniya deyarli bir yil oldin, 2023 yil avgust oyida F-16 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga topshirishini ma’lum qildi. Niderlandiya 42 ta, Daniya esa 19 ta qiruvchi samolyot yetkazib berishini ta’kidladi. Bundan tashqari, Norvegiya 6 ta F-16 samolyotini taqdim etishni rejalashtirmoqda.
The New York Times mart oyida 12 nafar ukrainalik uchuvchi 2024 yil yozigacha F-16 samolyotlarini boshqarishga tayyor bo‘lishini, biroq bu vaqtga borib, ittifoqchilar Kiyevga atigi 6 ta samolyotni topshirishi haqida yozgan edi.
Mavzuga oid

22:44
Fransiya Ukrainaning qurolsizlantirilishiga qarshi ekanini ma’lum qildi

21:33
Polshada O‘zbekiston fuqarolarining ichki a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi

20:30
Putin muzokaralarda yon berish niyatida emas - g‘arb maxsus xizmatlari

19:47