Farg‘onada Damas’dan sakrab tushgan yo‘lovchini boshqa Damas bosib ketdi
Farg‘ona shahrida Damas’ning orqa eshigini ochib, sakrab tushgan yo‘lovchini qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan boshqa Damas bosib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi.

Foto: Videodan kadr
Farg‘ona shahrida fuqaro Damas’ning orqa eshigini ochib, sakrab tushganidan so‘ng uni boshqa mashina bosib ketgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati YHXB ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2024 yil 16 iyul kuni Farg‘ona shahri Qirguli mavzesi Shifokorlar ko‘chasida fuqaro N.K. boshqaruvidagi Damas avtomashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro D.P. avtomobilning orqa eshigini ochib, sakrab yuborgan va qarama-qarshi tomonidan kelayotgan avtomobilning old qismiga kelib urilgan.
Oqibatda D.P. tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan kasalxonada vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Isroilda Netanyahuning sog‘lig‘iga oid tafsilotlarni oshkor etish talab qilindi
Jahon | 14:42
-
«Meros». Srechko Katanetsga bag‘ishlanadi
Sport | 14:41
-
Baykalortida o‘zbek meva-sabzavotlarini qabul qiluvchi markaz tashkil etiladi
Iqtisodiyot | 14:22
Mavzuga oid

17:31 / 24.05.2025
Yangi hayotga qadam: so‘nggi qo‘ng‘iroqdan reportaj

13:19 / 20.01.2025
Farg‘ona shahri markazida 11 tup daraxt ruxsatsiz kesib tashlandi

11:06 / 03.11.2024
Farg‘onada ariqdan erkak kishining jasadi topildi

18:05 / 25.10.2024