Ramzon Qodirov hukumat amaldori o‘ldirilgan taqdirda «qonli qasos»ni talab qildi
Agar jinoyatchi topilmasa, xavfsizlik kuchlari uning qarindoshlaridan qasos olishi kerakligini ta’kidladi.

Rossiya tarkibiga kiruvchi Checheniston rahbari Ramzon Qodirov agar hukumat amaldori o‘ldirilsa, huquq-tartibot idoralari qotilning oilasiga «qonli qasos» e’lon qilishi kerakligini aytdi. Bu haqda u Checheniston hukumati yig‘ilishida gapirgan.
Shu bilan birga, 30 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Ramzon Qodirov agar qotillik aybdori topilmasa, uning qarindoshlaridan birini o‘ldirish kerakligini aytgan.
«Qadimdan odat bo‘lganidek, kimdir jinoyat sodir qilsa, ammo topilmasa, uning ukasi, otasini o‘ldirishgan», dedi Checheniston rahbari.
Qodirov so‘nggi paytlarda jinoyat sodir etgan shaxsdan uning qarindoshlari voz kechayotgani, natijada javobgarlikdan qutulib qolayotganidan norozi bo‘lgan. Uning ta’kidlashicha, «endi bunday harakatlar ish bermaydi».
Qayd qilinishicha, yig‘ilishda Rossiya Ichki ishlar vazirligi va Rossiya gvardiyasi xodimlari ham ishtirok etgan.
Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, o‘lim jazosi 1997 yildan buyon taqiqlangan: sudlar o‘lim jazosi haqida qaror chiqara olmaydi, shuningdek, o‘lim jazosi ijro etilmaydi.
Mavzuga oid

22:24
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

20:25
Rossiyada qariyb 54 ming qamoqxona noziri yetishmayotgani ma’lum bo‘ldi

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

17:24