Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi shifoxonada 26 yoshli ayol tug‘uruqdan keyin vafot etdi
Ayol Chiroqchi tumanidagi tug‘uruqxonaga murojaat qilganida sog‘lig‘ining umumiy ahvoli qoniqarli bo‘lgan, lekin chaqalog‘ini dunyoga keltirgach, oradan ikki kun o‘tib, qornida kuchli og‘riq sezgan va bir necha kun o‘tib vafot etgan. Holatni prokuratura o‘rganmoqda.

Foto: Kun.uz
Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limida 26 yoshli ayol vafot etdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalgach, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.
Boshqarmaga ko‘ra, Chiroqchi tuman G‘allachi mahallasida yashagan, 1997 yilda tug‘ilgan A.G. 2023 yil 10 oktyabr kuni soat 06:00 da qarindoshlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limiga olib kelingan.
Ayolda oxirgi ko‘rik 2023 yil 13 sentabrda, homiladorlikning 33-haftasida o‘tkazilgan. Bunda ayolga yotib davolanish tavsiya qilingani, lekin ayol davolanishga bormagani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, 10 oktyabr kuni bo‘limga kelganida ayolning umumiy ahvoli qoniqarli baholangan. U shu kuni soat 16:10 da vazni 3 400 gramm og‘irlikdagi o‘g‘il chaqaloqni dunyoga keltirgan.
12 oktyabr kuni ertalab 5-6 lar oralig‘ida ayolning ahvoli og‘irlashib, qornida kuchli og‘riq paydo bo‘lgan. Og‘riqlar kuchaygach, birlashma xirurg vrachlari jalb qilingan. So‘ng viloyatdan jarroh, akusher-ginekolog va nefrolog chaqirilib, bemorda operatsiya o‘tkazilgan.
Operatsiyadan keyin ayolga tegishli muolajalar qilingan. Ammo uning umumiy ahvoli og‘irlashgan. Qilingan barcha muolajalarga qaramay, u 2023 yil 16 oktyabr kuni soat 02:30 da vafot etgan, deyiladi viloyat SSB axborotida.
Qayd etilishicha, ona o‘limi holati boshqarmaning kengaytirilgan yig‘ilishida muhokama qilingan va bu borada tegishli choralar belgilangan.
Ayni paytda holat Chiroqchi tumani prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Soch to‘kilishi tabiiy jarayonmi yoki kasallik? Uni qanday davolash mumkin?
Sog‘lom hayot | 19:24
-
Ukrainadagi urushda Rossiya tomonida qatnashgan erkakka hukm o‘qildi
O‘zbekiston | 19:11
-
Ukraina Rossiyadagi temiryo‘llarga zarbalarni ko‘paytirmoqda
Jahon | 18:55
-
«Krokus» terakti ijrochilari aybiga iqror bo‘ldi va pushaymonligini bildirdi
Jahon | 18:51
Mavzuga oid

15:59 / 16.07.2025
Qashqadaryodagi gaz zapravkasida katta yong‘in chiqdi

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025