Guterrish: G‘azoda BMT protektoratini o‘rnatish – yechim emas
Ayrim siyosatchilar va ekspertlar tomonidan G‘azo sektorida urushdan keyingi boshqaruv uchun variant sifatida taklif etilayotgan g‘oya – sektorda BMT boshqaruvini o‘rnatish nizoni hal qilishga yordam bermaydi, deb hisoblamoqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish.

Foto: Fatih Aktaş / Anadolu
Guterrishga ko‘ra, G‘azoda AQSh va arab davlatlari ishtirokida “o‘tish davri” bo‘lishi va bu davrda “ikki davlat” formulasini amalga oshirishga intilish kerak.
Isroilning HAMAS bilan hozirgi urushi tugaganidan keyin G‘azo sektori ustidan Falastin muxtoriyatining nazoratini kuchaytirish kerak, degan BMT bosh kotibi dushanba kuni jurnalistlar qarshisidagi chiqishida.
Shu bilan birga, Guterrishga ko‘ra, Mahmud Abbos boshchiligidagi Falastin ma’muriyati rahbariyati G‘azoni Isroil tanklari bilan boshqara olmaydi. Shu sababli xalqaro hamjamiyat o‘tish davri haqida bosh qotirishi zarur, degan u.
Bu o‘tish davrida, bosh kotibning fikricha, G‘azo va uning atrofidagi vaziyatni barqarorlashtirish maqsadidagi sa’y-harakatlarda ko‘plab manfaatdor tomonlar: AQSh – Isroil uchun xavfsizlik kafolatchisi sifatida va arab davlatlari – falastinliklarning ittifoqchilari sifatida ishtirok etishi kerak bo‘ladi.
“BMT protektoratini o‘rnatish yechim bo‘ladi deb o‘ylamayman”, – degan Antoniu Guterrish.
Mavzuga oid

14:56 / 14.03.2025
AP: Isroil va AQSh Sudan va Somaliga G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi

12:25 / 10.03.2025
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

17:17 / 07.03.2025
O‘zbekiston va yana besh davlat natsistlarni ulug‘lashga urinishlarni qoraladi

13:26 / 06.03.2025