O‘zbekistondan Qozog‘istonga borgan fuqaroda qizamiq aniqlandi
Bemor Ostona shahrida aniqlangan.
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahriga borgan 12 nafar xorijlik fuqaroda qizamiq aniqlandi. Bu haqda Ostona bosh davlat sanitariya shifokori Sarqit Beysenova ma’lum qildi.
«2023 yilda 12 nafar bemor boshqa davlatlardan keldi va ularda qizamiq kasalligi tasdiqlandi. Ular Misr, O‘zbekiston, Ozarboyjon, Tailanddan kelgan. Tailanddan kelgan Rossiya fuqarosida ham denge bezgagi qayd etildi. Bu bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi», dedi Sarqit Beysenova matbuot anjumanida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatga kelgan xorijliklar maxsus moslama yordamida tekshirilmoqda.
Avvalroq, O‘zbekistonda 50 nafar bemorda qizamiq aniqlangani aytilgan edi.
Mavzuga oid

12:23
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qozog‘istonga 2 mlrd kub metrdan ortiq suv yetkazib berdi

13:36 / 11.03.2025
Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida sanoat kooperatsiyasi markazi tashkil etiladi

11:51 / 11.03.2025
Qozog‘istonda pasporti olib qo‘yilgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

17:10 / 07.03.2025