Qozog‘iston oktabr oyidan Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazishni boshlaydi
«Markaziy Osiyo – Markaz» gaz quvurining Qozog‘istondan o‘tuvchi qismida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Foto: QazaqGaz
Qozog‘istonning QazaqGaz kompaniyasi 2023 yil oktabr oyidan boshlab «Markaziy Osiyo – Markaz» quvuri orqali Rossiya gazini O‘zbekistonga tranzit qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, Kazinform xabar berdi.
Kompaniya rahbari Sanjar Jarkeshov 20 iyul kuni Atirau viloyatiga borib, gaz quvurining Qozog‘istondan o‘tuvchi qismida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Iyun oyida Rossiyaning Gazprom kompaniyasi va QazaqGaz Rossiya tabiiy gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekiston iste’molchilari uchun tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish haqida shartnoma imzolagan edi.
19 iyun kuni O‘zbekiston Energetika vazirligi Rossiya oktabr oyidan O‘zbekistonga kuniga 9 million kub metr gaz eksport qilishni boshlashini ma’lum qildi. Yillik hajm taxminan 2,8 milliard kubometrni tashkil qiladi.
Rossiya energetika vaziri Nikolay Shulginov 9 iyun kuni Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida «gaz ittifoqi»ni tashkil qilish bo‘yicha muhokamalar davom etayotganini aytdi. Jumladan, yil boshida Gazprom, Qozog‘iston va O‘zbekiston tomonidan imzolangan ikkita «yo‘l xaritasi» asosida ish olib borilmoqda.
Mavzuga oid

00:10
Hindistonda Rossiyaga aloqador navbatdagi «kripto qiroli» hibsga olindi

22:24 / 12.03.2025
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

20:25 / 12.03.2025
Rossiyada qariyb 54 ming qamoqxona noziri yetishmayotgani ma’lum bo‘ldi

18:24 / 12.03.2025