Profilaktik hisobda turgan shaxslar doirasini qisqartirish rejalashtirilyapti
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Loyiha muhokamasi 2023 yil 8 iyungacha davom etadi.
Loyiha huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi qonunchilikni unifikatsiya qilishga qaratilgan. Jumladan, loyiha bilan “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi va “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunlar yagona qonunga birlashtirilmoqda.
Loyihaga muvofiq, profilaktik hisobga qo‘yiladigan shaxslar doirasi qisqarmoqda. Mazkur chorani ayblilik masalasini hal etmasdan turib jinoyat ishi tugatilganda, mayda huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga va boshqa holatlarda qo‘llamaslik belgilanmoqda.
Mazkur qonun qabul qilingan taqdirda 368,6 ming nafardan ziyod shaxslarga nisbatan (barcha profilaktik hisobda turganlarning 57,6 foizi) profilaktik hisob bekor qilinadi.
Mavzuga oid

09:35 / 04.12.2024
Mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi

13:14 / 15.07.2024
Jismoniy shaxslarni tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yish tartibi soddalashadi

08:02 / 23.11.2023
Profilaktika inspektorlarini tayinlash jarayoni o‘zgartirilmoqda

11:52 / 02.02.2023