Gurlan tumani hokimi o‘rinbosari baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi
33 yoshli Umidjon Jumagaldiyev yo‘l-transport hodisasiga uchragan bo‘lishi mumkin.

Foto: miit.uz
17 mart kuni Xorazm viloyati, Gurlan tumani hokimining o‘rinbosari, Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Jumagaldiyev Umidjon Usmonboyevich baxtsiz voqea oqibatida vafot etdi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Xabarda uning o‘limi sabablari keltirilmagan. Kun.uz manbasiga ko‘ra, u yo‘l-transport hodisasiga uchragan bo‘lishi mumkin.
Umidjon Jumagaldiyev 1990 yilda Gurlan tumani, Hazorasp qishlog‘ida tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi. 2021 yilda tuman hokimi o‘rinbosari etib tayinlangan. Uning ortida 3 nafar voyaga yetmagan farzandi qolgan.
Mavzuga oid

19:53 / 12.03.2025
Toshkentda Lacetti daraxtga borib urildi

17:39 / 11.03.2025
Meksikada avtobuslar ishtirokidagi ikkita YTHda 25 kishi halok bo‘ldi

17:21 / 11.03.2025
Ozoda Nursaidovaning klipini suratga olishda aktrisa qizni avtomobil bosib ketdi

12:27 / 11.03.2025