Toshkentda qish zavqi: Bolalarga quvonch ulashgan qor
Qish – bolalarning sevimli fasli. Tashqarida qanday ob-havo bo‘lmasin, ular qishdan, ayniqsa, qordan zavqlanish imkonini topishadi. Garchi bu yilgi anomal sovuqlar energoresurslar taqchilligini yuzaga keltirgan, aholimiz uchun chinakam sinov bo‘lgan esa-da, qahraton qishda qalingina yog‘gan qor bolajonlar uchun bayram bo‘ldi.
Toshkent shahri tumanlarining hokimliklari ko‘p yillardan beri kuzatilmayotgan qorli kunlardagi zavqli onlar aks etgan fotosuratlarni e’lon qilmoqda. Kun.uz ularning saralarini jamladi.





























