Xerson viloyatida minalardan tozalash vaqtida 4 nafar politsiyachi halok bo‘ldi
Xerson viloyatini minalardan tozalash jarayonida to‘rt nafar ukrainalik politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy vatandoshlariga kechki videomurojaatida xabar berdi.

Foto: Picture Alliance
Bundan tashqari, Zelenskiy Rossiyaning Donetsk viloyati Kuraxovo shahriga bergan zarbasi haqida batafsil ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, bozor, elevator, yonilg‘i quyish shoxobchasi, avtovokzal va turar joy binosi o‘qqa tutilgan. 10 kishi halok bo‘ldi.
Ukrainaning energiya ta’minoti bilan bog‘liq vaziyatni izohlar ekan, Zelenskiy hozirda mamlakat energetika tizimlarini 100 foizga tiklash imkonsizligidan ogohlantirdi.
«Vaqt kerak. Shu bois aksariyat shahar va tumanlarda elektr energiyasini o‘chirish jadvali saqlanib qolgan», - dedi prezident.
2 dekabr kuni kechqurun Xerson yana Rossiya qo‘shinlari tomonidan raketa hujumiga uchragandi.
Xerson viloyati harbiy ma’muriyati boshlig‘i Yaroslav Yanushevichning Telegram-kanaliga ko‘ra, zarbalar paytida elektr tarmoqlari shikastlangan, shahar yana elektr ta’minotisiz qolgan.
Bundan oldin Ukrainada 6 millionga yaqin abonent elektr energiyasiz qolayotgani aytilgandi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi.
Uning taqdim etgan ma’lumotlarida yozilishicha, Ukraina hududida elektr ta’minoti bilan bog‘liq eng qiyin vaziyat yettita mintaqada kuzatilyapti.
Mavzuga oid

10:10 / 09.02.2025
Ukraina generali: «Zalujniy 2022 yildayoq Belgorodga hujumni taklif qilgandi»

23:14 / 12.01.2025
Polshada o‘tgan yil yo‘qolgan minalar IKEA do‘konidan topildi

11:57 / 10.01.2025
Rossiya qo‘shinlari Xersonga aviabombalar bilan zarba berdi

12:57 / 20.11.2024