Samsung foydalanuvchilarga smartfonlarni mustaqil ta’mirlashni o‘rgatadi
Samsung va iFixit smartfonlarni mustaqil ta’mirlash imkonini beradigan ilovani tayyorlamoqda.

Foto: Unsplash
Samsung kompaniyasi foydalanuvchilarga o‘z mahsulotlarini uy sharoitida mustaqil ravishda ta’mirlashda yordam beradigan ilovani chiqarishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda kompaniyaning AQSh Patent va tovar belgilari bo‘yicha idorasiga topshirgan arizasidan ma’lum bo‘lgan. Hujjatda xizmat Self Repair Assistant deb nomlangan.
Kompaniya uni smartfonlar, aqlli soatlar, planshetlar va minigarnituralarni mustaqil ravishda ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish imkonini beradigan «mobil telefon uchun amaliy dastur» deb ta’riflaydi. Tavsifga qo‘shimcha ravishda ilova belgisi ham tasvirlangan. U ko‘k kvadrat ichidagi tishli oq doiraga joylashtirilgan kalitdan iborat.
The Verge taxminiga ko‘ra, ilovada Samsung Galaxy seriyasidagi qurilmalarni ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatmalar bo‘ladi. Katta ehtimol bilan Self Repair Assistant ilovasining ishlab chiqarilishi 2022 yil boshida e’lon qilingan Samsung va iFixit o‘rtasidagi hamkorlik natijasidir.
Mavzuga oid

14:38 / 28.05.2025
Samsung Display Rossiya metallarini sotib olishni to‘xtatdi

19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi

17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda

20:08 / 25.03.2025