O‘zbekiston yo‘llarida avgust oyida 18ta yangi radar ishga tushirildi
O‘zbekiston hududida avgust oyida ishga tushirilgan onlayn rejimida ishlovchi statsionar radarlar to‘g‘risida ma'lumot berildi.

IIV YHXBB xabarida ma'lum qilinishicha, avgust oyida jami 18ta statsionar radar ishga tushirildi.
Hududlar kesimida 18ta radarning 8tasi Surxondaryo, 8tasi Xorazm va 2tasi Toshkent viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.
Ularning joylashtirilgan joyi quyidagicha:
Kun.uz ushbu radarlar bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot olish uchun YHXBB axborot xizmati bilan bog‘landi. Axborot xizmati vakili Azizxon Murodovning ma'lum qilishicha, radarlarning barchasi davlat tomonidan o‘rnatilgan bo‘lib, ularning hech biri tadbirkorlarga tegishli emas. Uning qo‘shimcha qilishicha, hali tadbirkorlar tomonidan yo‘llarda radarlar o‘rnatilganicha yo‘q.
Avvalroq, ochiqlik haqidagi prezident farmoni ijrosi doirasida Toshkent shahri va viloyatlardagi yo‘llarda ishlayotgan fotoradar va kameralar ro‘yxati e'lon qilingandi. Shuningdek, YHXBB tomonidan iyul oyida ishga tushirilgan statsionar fotoradar va kameralar to‘g‘risida ham ma'lumot berilgandi.
Mavzuga oid

18:39 / 16.05.2025
O‘zbekiston yo‘llaridagi barcha radar va kameralar yil oxirigacha to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi

18:04 / 16.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi

16:46 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi

01:40 / 15.05.2025