Xorazmda «Tashabbusli budjet» loyihasiga 2255 ta taklif berildi
Moliya vazirligining «Ochiq budjet» axborot portaliga Xorazm viloyatida uchrayotgan kamchiliklar yechimiga mahalliy budjetdan pul ajratish bo‘yicha 2255 ta taklif berildi.

Takliflar asosan yo‘llarni ta'mirlash, elektr energiyasi, ichimlik suvi ta'minoti, maktablarni jihozlash, internet tarmog‘ini o‘tkazish kabi muammolar yechimiga qaratildi.
Eng ko‘p taklif bildirgan tumanlar Xonqa (335), Tuproqqal'a (252) va Hazorasp (218) bo‘ldi. Eng kam taklif esa Yangiariq (113), Xiva shahri (109) va Xiva tumani (106) bo‘yicha berildi.
Endi takliflar 10 kun ichida saralab olinadi va 13 avgustdan 2 sentyabrga qadar ovozga qo‘yiladi. G‘olib deb topilgan loyihalar tuman va shahar xalq deputatlari qarori bilan moliyalashtiriladi.
Xorazm viloyati bo‘yicha «Tashabbusli budjet» loyihasiga 14,5 mlrd so‘m ajratilgan.
Mavzuga oid

21:37 / 26.02.2025
Qonunlar normalarining aniq va bir xil qo‘llanishi ta’minlanadi

15:57 / 25.02.2025
Davlat xaridlarini korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish tartibi belgilandi

16:55 / 21.01.2025
Tramp AQShning boshqa davlatlarga yordamini 90 kunga to‘xtatdi

21:32 / 20.01.2025