Hindistonda ko‘chki oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi
Politsiya xabariga ko‘ra, tabiiy ofat yuz bergan hududda vaziyat murakkabligicha qolmoqda, qurbonlar soni yanada o‘sishi mumkinligi aytilmoqda.

Foto: The Times of India
Hindiston g‘arbidagi Maharashtra shtatida yuz bergan ko‘chki oqibatida kamida 35 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Times of India nashri xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, ko‘chkiga tinimsiz yomg‘ir yog‘ishi sabab bo‘lgan.
Politsiya xabariga ko‘ra, tabiiy ofat yuz bergan hududda vaziyat murakkabligicha qolmoqda, qurbonlar soni yanada o‘sishi mumkinligi aytilmoqda.
Yomg‘irlar oqibatida shuningdek, qator temir yo‘llar suv ostida qolgan. Yo‘lda to‘xtab qolgan poyezdlar yo‘lovchilari avtobuslarda olib ketilmoqda.
Mavzuga oid

00:10
Hindistonda Rossiyaga aloqador navbatdagi «kripto qiroli» hibsga olindi

17:28 / 04.03.2025
Hindiston-O‘zbekiston transport yo‘lagi Qozog‘istongacha uzaytirildi

20:26 / 03.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirishda Hindiston tajribasi: muqobil yo‘l topildi

12:40 / 03.03.2025