Isroil HAMASning harbiy yetakchisi uyiga zarba berdi
Isroil 2017 yildan beri HAMAS harakatining G‘azo sektoridagi siyosiy va harbiy qanotiga yetakchilik qilib kelayotgan Yahyo Sinvar uyiga zarba berdi. Biroq zarba vaqtida Sinvar uyida bo‘lgani yoki yo‘qligi noma'lum.

Ma'lumotlarga ko‘ra, zarba oqibatida uy to‘liq vayron bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMAS yetakchilari, harbiy qurilmalar saqlanayotgan va Isroil o‘qqa tutilayotgan obektlarni nishonga olmoqda.
Jumladan, 15 may kuni Isroil harbiy aviatsiyasi HAMAS siyosiy byurosi rahbari o‘rinbosari Halil al-Hay uyini yo‘q qilgan, 13 may kuni esa HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya uyiga zarba bergan. Haniya zarba vaqtida uyida bo‘lmagan.
Mavzuga oid

23:14
Arab davlatlari TIV rahbarlari G‘azoni qayta tiklash masalasini muhokama qilmoqda - OAV

13:23
Husiychilar Isroilga aloqador kemalarga yangi hujumlar bilan tahdid qildi

12:25 / 10.03.2025
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

21:58 / 09.03.2025