Koronavirus Antarktidagacha yetib bordi
Chilining Antarktidagi bazasida 36 nafar kishida koronavirus aniqlangan.

Foto: AR/TASS
Antarktida koronavirusdan xoli yagona qit'a nomini yo‘qotdi, deb xabar bermoqda ABC telekompaniyasi.
Xabarda aytilishicha, Chilining O'Higgins Riquelme tadqiqot bazasida 36 kishida koronavirus aniqlangan.
OAVning Chili qurolli kuchlari 5-harbiy divizioni matbuot xizmatiga tayanib yozishicha, kasallik 26 nafar harbiy xizmatchi va bazada xizmat qiluvchi o‘n nafar xodimda qayd etilgan.
Barcha kasallanganlar Chili janubiga keltirilgan va izolyatsiya qilingan. Ular shifokorlar kuzatuvi ostida, hozircha hech kimda og‘ir asoratlar kuzatilmagan, deb yozmoqda Sydney Morning Herald nashri.
O'Higgins stansiyasiga koronavirusga topshirgan testi manfiy chiqqan yangi jamoa yuborilgan.
O'Higgins – Chilining Antarktikada faoliyat ko‘rsatayotgan 13ta bazasidan biri. U Antarktika yarim orolining eng shimoliy nuqtasi yaqinida joylashgan.
Mavzuga oid

10:12 / 18.03.2025
Ovloq va xavfli joy. Antarktidadagi bazada olimlar o‘z hamkasbidan qutqarishni so‘ramoqda

13:34 / 07.03.2025
Dengiz muzliklarining maydoni tarixiy minimumgacha qisqardi

13:57 / 24.01.2025
Antarktidada ish: oshpaz, santexnik va elektriklar qidirilmoqda

23:55 / 16.12.2024