2020 yildagi dunyo kinoprokati yetakchisi ma'lum qilindi

Foto: Beijing Diqi Yinxiang
Xitoyning urush haqidagi “Sakkiz yuzlik” (The Eight Hundred) filmi 2020 yilda dunyo kinoprokati yetakchisiga aylandi. Film namoyishga chiqarilgandan boshlab to hozir kungacha 426 mln dollar ishlab topdi.
Ushbu film bungacha yetakchi bo‘lib kelayotgan “Yomon yigitlar hamisha” (Bad Boys for Life) filmini ortda qoldirdi. AQSh kinoijodkorlari filmi 424 mln dollar daromad keltirgan. Aytish joiz, film koronavirus bilan bog‘liq cheklovlar kiritilishi oldidan namoyish qilina boshlagandi.
Xitoy filmi esa bor-yo‘g‘i bir oy avvalgina, aniqrog‘i 21 avgustdan namoyish qilina boshlangan.
Film real voqealarga asoslanib, 1937 yilda xitoylik askarlar otryadining Shanhaydagi bir omborni yapon qo‘shinlaridan 4 kun davomida qahramonlarcha himoyalagani haqida so‘zlaydi.
Film budjeti 85 mln dollarni tashkil qilgan.
Prognozlarga ko‘ra, filmning umumiy kassasi yanada oshishi mumkin. Ekspertlar ushbu summani 445 mln dollar atrofida baholashmoqda.
Mavzuga oid

18:16 / 12.03.2025
WSJ: Xitoy harbiy potensialini oshirish uchun okean tubini faol o‘rganmoqda

15:39 / 11.03.2025
Xitoy AQSh qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bojlar joriy qildi

12:02 / 11.03.2025
Bosh vazir matbuot kotibi O‘zbekistonda «xitoyliklar ko‘payib ketayotgani» haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

22:37 / 10.03.2025