Ozarboyjon va Armaniston chegarasida yana to‘qnashuvlar boshlandi
Ozarboyjon mudofaa vazirligining ma'lumot berishicha, Agdam, Dondar Gushchu va Vaxidli qishloqlari yirik kalibrli qurollar va minomyotlardan o‘qqa tutilgan.

Foto: Vagram Bagdasaryan/Photolure/TASS
Ozarboyjon mudofaa vazirligi Ozarboyjon-Armaniston chegarasida janglar yana boshlanganini xabar qildi.
"16 iyul tongidan boshlab Armaniston qurolli kuchlari bo‘linmalari Tovuz rayonidagi Ozarboyjon-Armaniston chegara uchastkasidagi Ozarboyjon armiyasi pozitsiyalariga hujum qilishga urindi", - deyiladi xabarda.
Mudofaa vazirligining ma'lumot berishicha, Agdam, Dondar Gushchu va Vaxidli qishloqlari yirik kalibrli qurollar va minomyotlardan o‘qqa tutilgan.
"Ayni vaqtda ushbu yo‘nalishda jang davom etmoqda. Operativ holat Ozarboyjon armiyasi bo‘linmalari nazorati ostida", - deyiladi mudofaa vazirligi tomonidan.
O‘z navbatida, Armaniston mudofaa vazirligi Ozarboyjon bo‘linmalari qo‘poruvchilik uyushtirishga uringani, so‘ngra chegaradosh Aygepar va Movses qishloqlarini o‘qqa tutganligini ma'lum qildi.
Armaniston-Ozarboyjon chegarasida qurolli to‘qnashuvlar 12 iyul kuni boshlangandi.
Mavzuga oid

16:22 / 27.02.2025
Xo‘jali genotsidi - insoniyat tarixidagi qonli sahifa

14:07 / 25.02.2025
Ozarboyjon «Rossiya segodnya» va BBC vakolatxonalarini yopdi

15:30 / 20.02.2025
O‘zbekiston va Ozarboyjon ID-kartalarni o‘zaro tan olish masalasini muhokama qilmoqda

17:22 / 16.02.2025