Tramp Sietlni ichki terrorchilar egallab olganligini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp irqchilikka qarshi namoyishlar davom etayotgan Sietl shahrini ichki terrorchilar egallab olganligini bildirdi. U bu haqda o‘zining Twitter sahifasida yozdi.

Foto: Lindsey Wasson / Reuters
"Radikal so‘l demokratlar boshqarayotgan Sietlni ichki terrorchilar egallab oldi", - deb yozdi Tramp va barchani qonunga rioya qilishga chaqirdi.
Oq uy rahbari shuningdek, mahalliy hokimiyatning tartibsizliklarga qarshi harakatini tanqid qildi. U namoyishlar qatnashchilari Vashington shtati gubernatori Jyey Insli va Sietl meri Jyenni Derkan ustidan "kulishayotganini" ta'kidladi.
"O‘z shahringizni hoziroq qaytarib oling. Bu dahshatli anarxiyachilarni zudlik bilan to‘xtatish kerak ", - deya chaqiriq bilan chiqdi Tramp mahalliy hokimiyatga.
Eslatib o‘tamiz, may oyi oxirida Minneapolis shahrida afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan hibsga olish chog‘ida halok bo‘lganidan so‘ng AQShda tartibsizliklar boshlanib ketdi.