Samarqandda fuqaroni 100 mln so‘mga aldab ketgan shaxs qo‘lga olindi
Amaldagi qonunlar va o‘z haq-huquqini bilmagan inson har qadamda pand yeyishini Ishtixon tumanida yashovchi H.T. misolida ko‘rish mumkin, deb yozmoqda «Postda» nashri.
Qayd etilishicha, ushbu fuqaroning qonunlarni yaxshi bilmasligini anglagan firibgar «uch kun ichida avtomashinaga ega bo‘lasiz» deb, undan 100 million so‘mni qurtdek sanab oladi va izsiz yo‘qoladi.
Bildirilishicha, noiloj qolgan H.T. voqea yuzasidan tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Xabarda aytilishicha, ayni paytda odamlarni aldab, chuv tushirib yurgan Kattaqo‘rg‘on tumanidan bo‘lgan A.Sh. qo‘lga olindi.
Mavzuga oid

15:27 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?

21:22 / 07.03.2025
Firibgarlar Singapur bosh vaziri dipfeyk videosidan foydalanib kriptovaluta sotdi

11:39 / 24.02.2025
"Vijdon azobida qolib ketdim" - Samandar Hamroqulovning iqrori

22:38 / 14.02.2025