Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liviyalik marshal Tripoli yo‘lidagi birinchi shaharni egalladi

Foto: Abdullah Doma/AFP/Getty Images
Feldmarshal Xalifa Haftar qo‘mondonligidagi Liviya milliy armiyasi mamlakat poytaxti Tripoliga hujum boshladi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Arab dunyosi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Haftar BMT tomonidan tasdiqlangan milliy birlik hukumatini tarqatib yuborishni rejalashtirmoqda. Harbiy qo‘mondon o‘z harakatlarini «Tripolini ozod qilish bo‘yicha amaliyot» deb nomladi. 2011 yilda Muammar Qazzofiyning o‘ldirilishidan keyin Liviyada yuzaga kelgan hokimiyat uchun kurash ushbu hujum tufayli o‘ta keskinlashib ketdi.
Poytaxtni o‘rab olish maqsadida Haftar qo‘shinlari janub va g‘arbdan yaqinlashib, Tripolidan 80 km janubdagi Garyan shahrini egallab oldi, so‘ng asosiy maqsaddan 60 km uzoqlikda tunni o‘tkazish uchun to‘xtadi. Ayni paytda, Tripolida qonuniy hukumatni himoya qilish bo‘yicha ko‘ngillilar qo‘shini yig‘ila boshladi.

Garyan strategik ahamiyatga ega, sababi u qirg‘oq bo‘yidagi tekislik oldidan so‘nggi shahar sanaladi. Bu jangarilar uchun to‘laqonli platsdarm bo‘lib, agar poytaxt uchun jang cho‘zilib ketsa, unda qayta guruhlarga ajratish imkoni bor.
2014 yilda Haftar Qazzofiyning sobiq askarlarini birlashtirgan va 2017 yilda asosiy sharqiy shahar - Bengazini qo‘lga kiritgan, so‘ng u mamlakatning neftga boy janubi ustidan nazorat o‘rnatgan. Tarafdorlari uni «yangi Muammar» sifatida ko‘rmoqda. Shuningdek, u Misr va Birlashgan Arab Amirliklari tarafidan qo‘llab-quvvatlanadi, ular uni radikallarga qarshi himoya sifatida hisoblaydi va harbiy yordam beradi.
5 aprel, juma kuni, BMT Xavfsizlik kengashi Liviyadagi vaziyat yuzasidan favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi. Buyuk Britaniya tashabbusi bilan tashkillashtirilayotgan muhokama yopiq rejimda kechadi. Shuningdek, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Haftar bilan shaxsan uchrashish niyatida.
2011 yilda Liviyada fuqarolar urushi boshlandi. 1969 yildan buyon mamlakatni boshqargan polkovnik Muammar Qazzofiy hokimiyatdan ag‘darildi va o‘ldirildi. Uning raqiblari tomonida Fransiya, AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarni o‘z ichiga olgan xalqaro koalitsiya kuchlari kurashdi. Bugungi kunda Liviya ikki hokimiyat holatida: sharqda - Tobruk shahrida parlament faoliyat ko‘rsatadi, g‘arbda - Tripolida milliy kelishuv hukumati ishlaydi.
Marshal Haftar 4 aprel kuni o‘z qo‘shinlariga Liviya poytaxtiga hujum qilishga buyruq bergani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neft – dunyo iqtisodiyotining yuragi
Moliya | 23:17 / 09.08.2025
-
Ukraina va Yevropa o‘z tinchlik rejasini taqdim etdi – WSJ
Jahon | 22:29 / 09.08.2025
-
Rossiya harbiy brigadalardan birini migrantlar bilan to‘ldirdi – DeepState
Jahon | 21:33 / 09.08.2025
-
Mehnat huquqiga oid farmon: nimalar o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot | 21:11 / 09.08.2025
Mavzuga oid

12:23 / 01.07.2025
Liviya qirg‘oqlari yaqinida Vilamoura tankeri bortida portlash sodir bo‘ldi

13:56 / 17.05.2025
AQSh 1 million g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmoqda - OAV

09:57 / 13.05.2025
Tripolida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi

21:22 / 07.05.2025