Shvetsiya qirolining o‘g‘irlab ketilgan toji va oltin shari topildi

Foto: Mikael Gustafsson/ N / Ibl Bild / Globallookpress.com
Shvetsiya huquq-tartibot idoralari qirol Karl IX va uning rafiqasining toji va xoch shakli solingan oltin sharini topishdi. Bu buyumlar 6 oy oldin o‘g‘irlab ketilgan edi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Shvetsiyada XVII asr boshida hukmdorlik qilgan qirolga tegishli bo‘lgan qimmatbaho buyumlar Stokholm yaqinida topilgan. Voqea tafsilotlari ekspertiza topilgan buyumlarning haqiqiyligini tasdiqlagach ma'lum qilinadi. Ta'kidlanishicha, tojlar va oltin shar “bomba” deb yozilgan chiqindi bakidan topilgan.
O‘g‘irlik 2018 yil 31 iyulda sodir etilgan. Jinoyatchilar Strengnes shahridagi kafedral cherkovdagi vitrinani sindirib, u yerdan qirol va uning rafiqasi birga dafn qilingan ikkita toj va oltin sharni olishgan. Buyumlarning qiymati 65 mln shved kronasiga (6,5 mln dollar) baholanadi.
Signalizatsiya ishga tushganda, o‘g‘rilar velosipedda Melaren ko‘ligacha borib, u yerdan motorli qayiqda yashirinishgan.
Velosiped va jinoyat joyida tashlab ketilgan buyumlarning birida qon izlari qolgan bo‘lgan. DNK tahlili yordamida qon egasi shaxsi o‘rnatilgan va unga ko‘ra tojlarni o‘g‘irlashda gumon qilingan 22 yoshli yigit hibsga olingan. Keyinroq uning sherigi ham qo‘lga olingan.
Ma'lum qilinishicha, jinoyatchilarga 6 yillik qamoq jazosi berilishi mumkin.
Mavzuga oid

11:16 / 06.02.2025
Shvetsiyadagi o‘quv markaziga hujum: 11 kishi halok bo‘ldi

10:51 / 05.02.2025
Shvetsiyada o‘quv markazidagi otishma vaqtida 10 kishi halok bo‘ldi

17:24 / 03.02.2025
Shvetsiya Qur’onni yoqib yuborgan Momika o‘limida gumon qilinganlarni ozod etdi

10:32 / 31.01.2025