Ispaniya qiroli daxlsizlikdan mahrum etilishi mumkin

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches konstitutsiya qabul qilinganining 40 yilligi munosabati bilan unga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkinligini aytdi.
Sanches TVE davlat televideniyesiga intervyuda islohotlar qirol daxlsizligi, ya'ni konstitutsiyaning 56-moddasi (“Qirol shaxsi daxlsizdir va javobgarlikka tortilmaydi”) bekor qilinishini o‘z ichiga olishi kerakligini aytgan.
Bosh vazirning aytishicha, qirolning o‘zi ham bu modda bekor qilinishini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Sanchesning ta'kidlashicha, hozir konstitutsiyaga faqatgina muayyan o‘zgarishlar kiritilishi mumkin, uning chuqurroq isloh qilinishining hozircha imkoni yo‘q va kelgusi avlodlar zimmasiga qoladi.
Ayni vaqtda o‘zgarishlar sog‘liqni saqlash, jinslar tengligi, atrof-muhit, evtanaziyaning qonuniylashtirilishi masalalariga taalluqli bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid

19:24 / 23.02.2025
Ispaniyada odam savdosi bilan shug‘ullangan yirik tarmoq fosh etildi

22:23 / 19.02.2025
Ispaniya va Misr G‘azo sektoridagi falastinliklarning ko‘chirilishiga qarshi chiqdi

22:45 / 18.02.2025
Kanada va Ispaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi

17:55 / 06.02.2025