Davlat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yishning aniq mezonlari belgilandi

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yishning aniq mezonlari belgilandi.
Adliya vazirligi telegram-kanali xabariga ko‘ra, yerlar endilikda quyidagi maqsadlarda olib qo‘yilishi mumkin:
mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularning faoliyat yuritishi uchun yerlarni taqdim etish;
xalqaro shartnomalardagi majburiyatlarni bajarish;
foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish;
avtomobil va temir yo‘llari, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obektlari va aviatexnika markazlari, temir yo‘l transporti obektlari, ko‘priklar, metropolitenlar, tonnellar, energetika tizimi obektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat obektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish);
aholi punktlari bosh rejalarini Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan obektlar qurish qismida ijro etish hollarida.
Qarorga ko‘ra, endilikda yerlar olib qo‘yilganda, u yerdagi binolarni buzishdan oldin mulkdorga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanishi lozim. Faqatgina shundan keyin binoni buzish mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qator korxonalar uchun soddalashtirilgan yagona yer solig‘i stavkasi joriy etilishi xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
VOLLKRAFT: UzAuto Trailer O‘zbekistonning yangi eksportbop brendini taqdim etdi
O‘zbekiston | 09:00
-
Toshkent viloyatida elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi
Jamiyat | 08:59
-
San-Fransiskoda deportatsiyaga qarshi 60 nafar namoyishchi qo‘lga olindi
Jahon | 08:40
Mavzuga oid

00:12 / 26.05.2025
Yer qa’rida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi

18:43 / 08.05.2025
Olimlar Yerda kislorod qachon yo‘q bo‘lib ketishini aniqladi

12:05 / 05.04.2025
Tomorqa uchastkalaridan foydalanish bo‘yicha choralar tasdiqlandi

16:27 / 29.10.2024