Mane «faoliyatidagi eng yaxshi qaror»ni qabul qildi

Foto: Liverpool FC
«Liverpul» yarimhimoyachi Sadio Mane bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Yangi bitim shartlari, jumladan uning muddati ham ma'lum qilinmagan. Faqat kelishuv uzoq muddatli ekani ta'kidlangan xolos.
«Liverpul» bilan shartnomani uzaytirishdan juda xursandman. Bugun men uchun ajoyib kun bo‘ldi. Faoliyatimdagi eng yaxshi qarorni qabul qildim», - deb aytdi Mane.
Amaldagi kelishuv 2021 yilda nihoyasiga yetishi kerak edi.
APLning ushbu mavsumida Sadio 11 o‘yinda 6 ta gol urgan. U 2016 yildan buyon «qizillar» a'zosi sanaladi.
Mavzuga oid

18:05 / 02.08.2023
Ronaldu jamoasida yangi superyulduz va Buffonning futboldan ketishi. So‘nggi transfer xabarlari

12:21 / 16.03.2023
«Liverpul» yana bir sharmandalikdan qutulib qoldi, ammo keyingi bosqichga «Real» o‘tdi. YeChLda kun o‘yinlari

19:42 / 07.11.2022
«Liverpul» klubi sotuvga qo‘yildi

14:35 / 23.08.2022