“O‘zbekgidroenergo” va “Belaz” o‘rtasida yirik hamkorlik memorandumi imzolandi

Foto: O‘zbekgidroenergo
Dunyoga mashhur avtomobil zavodi hisoblangan “BelAZ” OAJ “O‘zbekgidroenergo” AJning doimiy hamkori hisoblandi. Mazkur zavod bilan hamkorlik zavod tomonidan ishlab chiqarilgan avtosamosvallar yordamida bugungi kunda jadallik bilan qurilish ishlari olib borilayotgan mini, kichik, o‘rta va yirik gidroelektrostansiyalarini qurish jarayonida foydalanib kelinmoqda.
“O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov Belarusning BelAZ OAJ rahbari Pyotr Parxomchik boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuv do‘stona, samimiy ruhda bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda jamiyat tomonidan hududlarda qurilayotgan GESlar uchun hamda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida qurilayotgan yirik “Pskem” GESining qurilishi uchun zarur bo‘lgan 42-45 tonnani tashkil etuvchi og‘ir karer samosvali, ya'ni BelAZ-7547 rusumli avtosamosvallarni xarid qilish va ularni yetkazib berish borasida kelishib olindi.
Uchrashuv so‘ngida “O‘zbekgidroenergo” AJ va “BelAZ” OAJ o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mavzuga oid

10:00 / 31.01.2025
Qashqadaryoda mahalliylashtirish doirasida yangi gidroenergetik quvvat ishga tushirildi

10:15 / 24.12.2024
“O‘zbekgidroenergo” AJ – mintaqaning ESG yetakchilari cho‘qqisida

19:30 / 12.12.2024
"O‘zbekgidroenergo" ISO 37001:2016 standarti bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurash sertifikatini qaytadan qo‘lga kiritdi

11:44 / 28.07.2024