Jamiyat | 14:42 / 07.03.2018
13808
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda tashlab ketilgan chaqaloq topilib, shifoxonaga topshirildi
Fuqaro N.S. 5 mart kuni soat 20.25larda Sergeli tumani 4-daha 6-uy 6-xonadon eshigi tagidan yangi tug‘ilgan sog‘lom qiz bola chaqaloq topib olib, IIBga xabar bergan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, uning onasini aniqlash choralari ko‘rilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.