«PSJ»ning ilk mag‘lubiyati, «Barselona» va «Yuventus»da g‘alaba
2017/18 yilgi Chempionlar ligasi guruh o‘yinlarining so‘nggi turiga start berildi.
Kunning eng qiziq uchrashuvlaridan biri "Bavariya" hamda "PSJ" klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Bavariya" tarkibida Levandovski 1ta gol urgan bo‘lsa, Tolisso dubl qayd etdi. Parijliklarning yagona goli Mbappe tomonidan kiritildi.
Yana bir muhim uchrashuv Londonda, "Chelsi" hamda "Atletiko Madrid" jamoalari o‘rtasida kechdi. Musobaqani davom ettirish uchun kichik imkoniyatga ega bo‘lgan madridliklar durang qayd etib, musobaqani tark etishdi. Mehmonlar 56-daqiqada Saul urgan gol evaziga hisobni ochishgan bo‘lsa, 75-daqiqada Savich o‘z darvozasiga gol kiritib, durang natija qayd etilishini ta'minladi.
"Barselona" esa o‘z maydonida "Sporting"ni qabul qilib, 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi. Mezbonlarga g‘alaba keltirgan gol 59-daqiqada Alkaser tomonidan kiritilgan bo‘lsa, o‘yinning so‘ngi daqiqalarida Matyo o‘z davrozasiga gol kiritib, hisob 2:0 bo‘lishini ta'minladi.
Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:
Chempionlar ligasi, 6-tur
A guruhi
Manchester Yunayted (Angliya) – TsSKA (Rossiya) 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 45 Vitino, 1:1 – 64 Lukaku, 2:1 – 66 Reshford.
Manchester Yunayted – Romero, Lindelef, Smolling, Blind, Valensiya (Tuanzebe, 72), Errera (Maktomini, 66), Pogba, Shou, Mata, Lukaku (Marsyal, 74), Reshford.
TsSKA – Akinfeyev, Berezutskiy, Ignashevich, Vasin, Fernandes, Golovin, Kuchayev, Nababkin (Xosonov, 90), Vitino (Jamaletdinov, 82), Chalov (Gordyushenko, 66), Dzagoyev.
Ogohlantirishlar: Berezutskiy (57), Maktomini (73).

Benfika (Portugaliya) – Bazel (Shveytsariya) 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 5 Elyunussi, 0:2 – 65 Oberlen.
Benfika – Svilar, Duglas Pereyra, Lopes, Jardel, Elizeu, Joau Karvalyu, Samaris (Andre Almeyda, 73), Pitstsi (Gabriel, 73), Jivkovich, Seferovich, Diogu Gonsalvesh (Jonas, 62).
Bazel – Vatslik, Suxi, Akanji, Alvares, Lang, Jaka, Dzuffi, Petretta (Riveros, 82), Shteffen (Fransson, 90), Oberlen (Byua, 88), Elyunussi.
Ogohlantirishlar: Jaka(9), Akanji (63), Samaris (68), Petretta (75).
B guruhi
Bavariya (Germaniya) – PSJ (Fransiya) 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 8 Levandovski, 2:0 – 37 Tolisso, 2:1 – 50 Mbappe, 3:1 – 69 Tolisso.
Bavariya – Ulrayx, Kimmix, Zyule, Xummels, Alaba (Rafinya, 85), Tolisso, Rudi, Koman, Xames (Vidal, 83), Riberi (Myuller, 67), Levandovski.
PSJ – Areolya, Dani Alves, Markinos, Tiago Silva (Kimpembe, 72), Kurzava, Verratti, Rabo, Draksler (Lo Chelso, 90), Mbappe, Kavani, Neymar.
Ogohlantirishlar: Kimmix (22), Xames (23), Tolisso (41), Markinos (41), Rudi (53), Draksler (82).

Seltik (Shotlandiya) – Anderlext (Belgiya) 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 62, avtogol Shimunovich.
Seltik – Gordon, Lyustig, Shimunovich, Boyata, Tirni, Makgregor, Braun, Forrest, Armstrong (Ntcham, 46), Sinkleyr (Rogich, 46), Dembele (Eduar, 74).
Anderlext – Buks, Appia (Bruno, 89), Mboji (Jozue Sa, 75), Spayich, Obradovich, Dendonker, Kums, Trebel, Gerkens (Teodorchik, 78), Xanni, Onekuru.
Ogohlantirishlar: Ntcham (89).
C guruhi
Chelsi (Angliya) – Atletiko (Ispaniya) 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 56 Saul, 1:1 – 75, avtogol Savich.
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Keyxill, Mozes, Fabregas, Kante, Bakayoko (Pedro, 64), Dzappakosta (Villian, 73), Azar, Morata (Batshuayi, 81).
Atletiko – Oblak, Ximenes (Vetto, 79), Savich, Lyuka Ernandes, Filipe Luis, Parti, Gabi (Korrea, 79), Saul, Koke, Torres (Ferreyra Karrasko, 57), Grizmann.
Ogohlantirishlar: Lyuka Ernandes (16), Dzappakosta (52).

Roma (Italiya) – Qorabog‘ (Ozarboyjon) 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 53 Perotti.
Roma – Alisson, Florentsi, Manolas, Fasio, Kolarov, Nainggolan, de Rossi, Strotman, El-Shaaravi (Jyerson, 72), Jyeko, Perotti (Pellegrini, 81).
Qorabog‘ – Shexich, Medvedev, Yunuszade, Jyeznichak, Gere, Garayev, Ismailov (Kintana, 76), Michel, Rishard, Madatov (Ramazanov, 85), Ndlovu (Sheydayev, 85).
Ogohlantirishlar: Gere (42), Michel (57), Yunuszade (61), Jyeko (61), Jyeznichak (88).
D guruhi
Barselona (Ispaniya) – Sporting (Portugaliya) 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 59 Pako Alkaser, 2:0 – 90, avtogol Mate.
Barselona – Sillessen, Nelson Semedu, Pike (Buskets, 64), Vermalen, Din, Denis Suares, Rakitich, Andre Gomesh, Aleish Vidal (Messi, 61), Suares (Paulino, 75), Pako Alkaser.
Sporting – Ruy Patrisiu, Ristovski (Jyelson Martinsh, 46), Pichchini, Koates, Mate, Akunya, Fernandesh, Vilyam Karvalyu, Battalya, Bruno Sezar (Koentrau, 64), Ruis (Dost, 46).
Ogohlantirishlar: Ruis (30), Nelson Semedu (35).

Olimpiakos (Gretsiya) – Yuventus (Italiya) 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 15 Kuadrado, 0:2 – 89 Bernardeski.
Olimpiakos – Proto, Elabdellaui, Engels, Nikolau, Kutris, Taxtsidis, Pardo, Ojija-Ofoe (Fortunis, 62), Romao, Seba (Marin, 46), Jurjyevich (Ben-Nabuan, 71).
Yuventus – Shchensny, De Shilo, Benatiya, Bardzali (Rugani, 70), Aleks Sandro, Xedira, Matyuidi, Kuadrado (Bernardeski, 84), Dibala (Pyanich, 62), Duglas Kosta, Iguain.
Ogohlantirishlar: Kutris (32), Jurjyevich (43), Benatiya (49), Nikolau (55).
Mavzuga oid

16:38 / 31.01.2025
«Siti» o‘tish o‘yinlaridayoq «Real»ga duch keldi. Barcha juftliklar ma’lum

14:17 / 30.01.2025
YeChLda guruh bosqichi yakunlari: «Siti»ni o‘tish o‘yinlarida «Real» yoki «Bavariya» kutadi

19:18 / 29.01.2025
«Siti» va «PSJ» pley-offsiz qolishi mumkin. YeChLning so‘nggi turidagi asosiy intrigalar

10:48 / 04.10.2024