Messi, Neymar yoki Ronaldu? Zidan o‘z tanlovini amalga oshirdi

«Real» jamoasi bosh murabbiyi Zaynidin Zidanning ishonch bilan aytishicha, jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘la oladi. Portugaliyalik futbolchidan tashqari, ushbu mukofotga «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va «PSJ» hujumchisi Neymar da'vogarlik qilmoqda.
«Krishtianu Ronaldu – o‘z avlodining eng yaxshi futbolchisi, u boshqalardan ko‘ra yaxshiroq. U butun faoliyatini barqaror o‘tkazib kelmoqda va o‘zining nimalarga qodirligini namoyish etmoqda. U muhim o‘yinlarda natija keltiradi», deya Zidanning so‘zlarini keltirgan Football Espana.
«U barcha mukofotlarga munosib. U hamisha o‘zining qanchalik yaxshiligini namoyon etishga harakat qiladi. U hammadan yaxshi ham..
Menga Ronaldu gol urmayotganida savollar berishadi. Lekin muhimi u vaziyatlar yarata olayotganida. U tez orada formasini tiklaydi. U Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari, keyingi haftada u chempionatda ham gol urish imkoniyatiga ega bo‘ladi», degan murabbiy.
Bugun, 23 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadigan The Best Football Awards marosimida FIFA dunyo futbolining 2016-17 yilgi mavsumdagi eng yaxshilarini aniqlaydi, taqdirlaydi va yilning ramziy terma jamoasini e'lon qiladi.
O‘zbekistonlik muxlislar tadbirni Uzreport TV va Futbol TV telekanallari orqali jonli efirda tomosha qilishlari mumkin.
Mavzuga oid

15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»

11:06 / 14.12.2024
Husanov transfer bahosi bo‘yicha Ronaldu bilan tenglashdi

13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida

10:49 / 13.09.2024