Liga 1. "PSJ" "Bordo" darvozasiga 6ta gol urdi

Foto: Getty Images
Fransiya chempionatining 8-turida “PSJ” o‘z uyida “Bordo”ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 6:2 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi.
Hisob 5-daqiqada Neymar tomonidan ochildi. Oradan 7 daqiqa o‘tib Kavani oradagi farqni oshirdi. 21-daqiqada Mene parijliklarning 3-golini kiritdi. 31-daqiqada mehmonlar oradagi farqni biroz qisqartirishdi. 40-daqiqada Neymar penaltini aniq amalga oshirib, hisobni yana yirik ko‘rinishga keltirdi. Birinchi bo‘limning oxirida Draksler ham o‘z hisobiga 1ta gol yozib qo‘ydi.
Ikkinchi bo‘limning 13-daqiqasida Mbappe gol kiritgan bo‘lsa, o‘yinning so‘nggi daqiqalarida mehmonlar futbolchisi Malkom penaltini aniq amalga oshirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi – 6:2
PSJ – Bordo 6:2 (5:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 5 Neymar, 2:0 – 12 Kavani, 3:0 – 21 Mene, 3:1 – 31 Sankare, 4:1 – 40, penalti Neymar, 5:1 – 45 Draksler, 6:1 – 58 Mbappe, 6:2 – 90, penalti Malkom.
PSJ – Areolya, Mene, Markinos, Kimpembe, Berchiche, Verratti (Nkunku, 79), Rabo (Lo Chelso, 70), Mbappe, Draksler, Neymar, Kavani (Di Mariya, 61).
Bordo – Kostil, Sabali (Levchuk, 34), Tulalan, Yovanovich, Pellenar, Lerager, Otavio, Sankare, Malkom, de Previl (Mendi, 56), Kamano (Jonatan Kafu, 75).
Ogohlantirishlar: Yovanovich (39), Mene (45), Sankare (64).
Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:
Renn – Kan 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 34, avtogol Bensebayni.
Nant – Metts 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 3 Sala.
Dijon – Strasbur 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 78 Kvon Chxan Xun, 1:1 – 90 Tere.
Gengam – Tuluza 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 1 Tyuram, 1:1 – 40 Somalia.
Mavzuga oid

03:51 / 12.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi, «Barselona» va «Bavariya» ham 1/4 finalda

15:42 / 23.01.2025
«Siti» pley-offga endi qanday chiqadi? YeChLning so‘nggi turi arafasidagi vaziyat

11:09 / 23.01.2025
«Siti» superkambek qurboni, «Real» 5 ta gol urdi, «Bavariya»da yirik mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

11:12 / 19.12.2024