Toshkentda ICTWEEK 2017 haftaligiga start berildi

Foto: ICTWeek
18-22 sentabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan ICTWEEK 2017 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga start berildi. Bu haqda 18 sentabr kuni ICTWEEK 2017 haftaligi munosabati bilan tashkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
2004 yildan boshlab o‘tkazib kelinayotgan ICTWEEK Uzbekistan Haftaligi doirasida axborot texnologiyalariga oid sammit hamda forum, 3 kunlik ko‘rgazma, shuningdek, ixtisoslashgan tadbirlar, taqdimotlar, aksiyalar va muhokamalar soha islohotlarini sarhisob qilish, xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirokida natijalarni tahlil qilish va istiqboldagi vazifalarni belgilab olish, aholini soha yangiliklari bilan tanishtirishda yirik voqea hisoblanadi.

20-21 sentabr kunlari ixtisoslashgan mavzularga, mahorat darslari hamda guruhli muhokamalarga mo‘ljallangan ICT Forum – 2017 "O‘zekspomarkaz" MKM ning anjumanlar-zalida, quyidagi mavzularda tashkil qilinadi:
1-kun: “Egovernment Uzbekistan” – O‘zbekistonda "elektron hukumat" rivoji (9.30 – 13.30), “Moliya sohasida raqamlashtirish” (14.00 – 18.00);
2-kun: “Axborot texnologiyalari infratuzilmasi” (9.30 – 13.30) hamda “Axborot xavfsizligi” (14.00 – 18.00) mavzulari muhokama qilinadi.
Shuningdek, 19-21 sentabr kunlari ICTEXPO 2017 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda 70 ziyod kompaniyalarning stendlari namoyish qilinadi.

Ko‘rgazmaning bu yilgi formati noan'anaviy, innovatsion bo‘lishi kutilmoqda. Ko‘rgazma pavilonlari orasida madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar tashkil qilinadi. Jumladan, Cyber Games, startap loyihalar taqdimotlari, “RoboKidz” – robotlar namoyishi, demozona – yangi loyihalar namoyish etiladigan hudud, 3D-zallar, shu bilan birga, interaktiv o‘yinlar uchun bo‘limlar mavjud bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi asosiy vazifasini bajarib bo‘ldi - Zelenskiy
Jahon | 00:22
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
Mavzuga oid

15:00 / 10.09.2024
ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligi mehmonlarini qanday qiziqarli voqealar kutmoqda?

18:13 / 24.09.2018
UZTELECOM ICTEXPOga taklif qiladi

11:12 / 10.09.2018
ICTEXPO-2018’da onlaynda shu bugunoq stend bronlab qo‘ying va Ko‘rgazmaning bir qismiga aylaning!

17:57 / 08.09.2018