AQSh o‘z fuqarolariga Shimoliy Koreyaga borishni taqiqlab qo‘ydi

Foto: AP
AQSh davlat departamenti amerikaliklarga Shimoliy Koreyaga borishni taqiqlovchi me'yor 1 sentabrdan kuchga kirishini ma'lum qildi va u yerda bo‘lgan amerikaliklardan bu mamlakatni tark etishni talab qildi. Bu haqda 2 avgustda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, taqiqlov yaqin bir yil davomida amal qiladi. Faqatgina jurnalistlar va gumanitar tashkilotlar xodimlariga istesnolar qilinishi mumkin.
AQSh hukumati o‘z fuqarolariga Shimoliy Koreyaga safar uyushtirishni taqiqlashi mumkinligi haqida 21 iyulda ma'lum bo‘lgandi. O‘shanda taqiqlovning kiritilishi 27 iyulda e'lon qilinishi va 30 kundan keyin kuchga kirishi ma'lum qilingandi.
Iyunda Young Pioneer Tours turfirmasi Shimoliy Koreyada hibsda ushlab turilgan va ozod qilingandan keyin ko‘p o‘tmay vafot etgan amerikalik talaba Otto Frederik Vombiyer voqeasidan keyin amerikalik sayyohlarni Shimoliy Koreyaga jo‘natishdan bosh tortgan.
2016 yil mart oyida amerikalik Shimoliy Koreyada 15 yillik qamoq jasoziga mahkum qilingan. U Young Pioneer Tours tomondan tashqil etilgan Pxenyandagi hordiq vaqtida u yerda siyosiy plakatni o‘g‘irlashga urinishda aybdor deb topilgandi. 2017 yil iyunida Shimoliy Koreya hukumati Vombiyerni ozod qilgandi.
Mavzuga oid

23:00 / 13.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi

22:06 / 13.03.2025
AQSh harbiylari Xitoyga qurollar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni sotgani ma’lum bo‘ldi

21:18 / 13.03.2025
Putin: Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga ba’zi shartlarda tayyor

19:11 / 13.03.2025