Tramp Erdo‘g‘an bilan gaplashdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar qilgan.
«Prezident Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali ko‘p masalalarni muhokama qildi, jumladan Fors ko‘rfazida yuzaga kelgan ziddiyat mavzusini», — deya bayonotdan parcha keltirilgan ABC xabarida.
Shuningdek, Tramp AQSh uchun ittifoqchilarning «terrorizmga qarshi kurashdagi hamkorligi» muhim ahamiyatga egaligini qayd etib o‘tgan.
29 iyun kuni Qatar TIV rahbari Muhammad ibn Abdul Rahmon Ol Soniy Vashingtondagi chiqishi vaqtida o‘z mamlakati arab davlatlari bilan muzokaralarga tayyor ekanini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

08:21
Tramp: AQSh muzokarachilari Moskvaga jo‘nab ketdi

22:24 / 12.03.2025
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

00:42 / 12.03.2025
AQSh va Ukraina moliya vazirlari darajasida nodir metallar bo‘yicha bitimni kelishib oldi

20:53 / 11.03.2025