AQShning “Karl Vinson” aviatashuvchisi Yapon dengiziga kirdi

Foto: Reuters
Amerikaning “Karl Vinson” aviatashuvchisi shanba, 29 aprel kuni Tsusima bo‘g‘ozi orqali Yapon dengiziga kirdi. Bu haqda NHK telekanali xabar tarqatdi.
Kema 23 aprel kuni boshlangan AQSh HDK va Yaponiya o‘zini-o‘zi mudofaa qilish kuchlari qo‘shma mashqlarida ishtirok etmoqda. Yaqin orada Janubiy Koreya kuchlari bilan ham qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ta'kidlanishicha, bu tadbirlar KXDRga bosim ko‘rsatishga qaratilgan. Juma kuni Shimoliy Koreya navbatdagi ballistik raketani uchirdi hamda sinov muvaffaqiyatsiz yakun topdi. AQSh razvedkasiga ko‘ra, raketa uchirilgan aerodromdan taxminan 35 kilometr masofada qulagan.
Amerikaning “Karl Vinson” aviatashuvchisi esa Koreya yarim oroli qirg‘oqlariga Shimoliy Koreya aprel oyida raketa uchirganidan so‘ng yo‘l olgandi. Aviatashuvchi bu yerda taxminan bir oy davomida bo‘ladi. Zarba guruhiga shuningdek, Lake Champlain (CG-57) raketa kreyseri va Michael Murphy (DDG-112) hamda Wayne E. Meyer (DDG 108) esminetslari ham kiradi, ular Aegis tez aniqlash tizimi bilan jihozlangan.
Mavzuga oid

23:00 / 13.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi

22:06 / 13.03.2025
AQSh harbiylari Xitoyga qurollar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni sotgani ma’lum bo‘ldi

21:18 / 13.03.2025
Putin: Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga ba’zi shartlarda tayyor

19:11 / 13.03.2025