Gollandiyaliklar xitoylik milliarder uchun superyaxta loyihasini yaratishdi

Foto: Giudo De Groot
Gollandiyaning Giudo De Groot dizayn-studiyasi va Delft texnika universiteti muhandisi Karel Nguyen ikki korpusli, suvga yarim botuvchi Rén yaxtasi loyihasini taqdim qildilar. Bu haqda Bateaux.com xabar bermoqda.
Uzunligi 68 metr va eni 27 metr bo‘lgan yaxta 7 metr suvga botadi va SWATH (Small Waterplane Area Twin Hull – "suvga botish yuzasi kichik bo‘lgan ikki korpusli kema"; bunday kemalar suvga yarim botuvchi katamaranlar ham deb ataladi) sxemasi bo‘yicha loyihalangan. Yaxta ikki korpusli sxema evaziga yuqori barqarorlikka ega.
Yaxtaning dvigateli dizel-elektr. Yaxta 10 nafar mehmon va uni boshqaruvchi 40 kishilik jamoaga mo‘ljallangan. Yaxta bortida uning egasi uchun ishchi xona, vertolyot maydonchasi, oranjyereya, dam olish zonasi va fitnes-zal joylashtirish rejalashtirilgan. Yaxta egasining xohishiga ko‘ra yaxtani okeanografik tadqiqotlar uchun laboratoriya jihozlari bilan ta'minlash mumkin.
Nguyenning aytishicha, superyaxta konsepsiyasini yaratishda uning yaratuvchilari Xitoy elitasi didini hisobga olishgan va o‘zlariga buyurtmachini 34 yoshli xitoylik milliarder, uylangan va ikki farzandi bor bo‘lgan shaxs sifatida tasavvur qilishgan.
Guido de Groot Design firmasiga Leydenda (Niderlandiya) 1997 yilda Gvido de Grot ismli muhandis tomonidan asos solingan. Firma motor va yelkanli yaxtalarning tashqi ko‘rinishi va intererlarini yaratishga ixtisoslashgan.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi asosiy vazifasini bajarib bo‘ldi - Zelenskiy
Jahon | 00:22
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
Mavzuga oid

18:54 / 19.08.2024
Italiyada Bayesian superyaxtasi tornado oqibatida cho‘kib ketdi

09:42 / 02.01.2020
Niderlandiya «Gollandiya» nomidan rasman voz kechdi

09:22 / 06.10.2019
Niderlandiya o‘zini Gollandiya deb atashdan voz kechdi

17:13 / 18.03.2019