Dunyoning ko‘chib o‘tish uchun eng arzon shahri aniqlandi

Tunis shahri 2017 yilda ko‘chib o‘tish uchun dunyoning eng arzon shahri ro‘yxatiga boshchilik qildi. Bu reytingni yuk taksisi xizmatlarini taqdim qiluvchi Movinga nemis kompaniyasi mutaxassislari tuzishdi.
Firma mutaxassislari yangi joyda yashashning birinchi oyi, jumladan uy ijarasi, telefon ulash, oziq-ovqat va transport uchun sarf-xarajatlarni hisoblab chiqishdi. Tunisda (Afrikadagi Tunis davlati poytaxti) bunga 398 dollar kifoya qiladi.
2-o‘rinni Hindiston janubidagi Bangalor shahri 422 dollar bilan egalladi. Yetakchi uchlikni Qohira yakunlamoqda (532 dollar).
4-o‘rin Buxarestga nasib qildi, bu yerda yashashning birinchi oyida 583 dollar talab qilinadi. 5-o‘rin Kolumbiyaning Medeliniga nasib qildi. Bu shaharga ko‘chib o‘tish 603,6 dollarga tushadi.
Yetakchi o‘ntalikdan kamayib borish tartibida Sofiya (Bolgariya), Kolumbiya poytaxti Bogota, Lagos (Nigeriya), Riga va Budapesht shaharlari ham o‘rin oldi.
Hammasi bo‘lib reytingga 75 ta aholi punkti kiritilgan. Bu ro‘yxatning so‘nggi o‘rinini Angola poytaxti Luanda egalladi. Bu yerda yashashning birinchi oyi uchun 3,3 ming dollar kerak bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» «Betis»ga qarshi o‘yinda kambek qilib, Konferensiyalar Ligasi g‘olibiga aylandi
Sport | 02:11
-
NATO Germaniyadan yana 40 ming harbiy xizmatchi so‘ramoqchi - Reuters
Jahon | 01:39
-
Britaniyada olti panjali mushuk dunyoga keldi
Jahon | 00:19
-
Tramp Zelenskiy va Putin bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 00:17
Mavzuga oid

12:24 / 20.02.2024
O‘zbekiston va Tunis mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi

13:24 / 25.10.2023
Yerosti hovli uylarida yashaydigan odamlar – Tunisdagi Matmata shahri haqida

18:17 / 09.08.2023
O‘rta Yer dengizida migrantlar qayig‘i cho‘kib ketib, o‘nlab kishilar halok bo‘ldi

09:42 / 17.07.2023