Toshkentdagi avtobus bekatlarda elektron tablolar paydo bo‘ldi

Foto: "Toshshaxartransxizmat"
Toshkentning bir qancha bekatlarida avtobuslar harakati jadvali haqida aniq ma'lumot berib turuvchi ma'lumot tablolari o‘rnatildi.
«Toshshahartransxizmat» ma'lumotiga ko‘ra, bugunga kelib mazkur tablolar 6-tug‘uruqxona (Taraqqiyot ko‘chasi), sobiq Bolalar dunyosi (Shahrisabz ko‘chasi), Grand Mir Hotel mehmonxonasi (Shota Rustaveli ko‘chasi) va sobiq «Chimyon» (Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi) yonidagi bekatlarda o‘rnatilgan.
Tabloda avtobus harakatlari jadvalidan tashqari, poytaxt ob-havosi va valyuta kurslariga oid ma'lumotlar berib boriladi. Tablo 24 soat davomida uzluksiz ishlaydi. Jamoat transporti haqidagi ma'lumotlar 06:00dan 23:00gacha ko‘rsatib boriladi.
Mavzuga oid

21:22 / 17.03.2025
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi

12:20 / 17.03.2025
Yuzlab insonlarni chuv tushirgan avtolizingchilarga hukm o‘qildi

10:01 / 17.03.2025
2024 yil xalqaro reytingda Toshkent havo iflosligi bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi

09:57 / 17.03.2025