Mourino Shvaynshtayger haqidagi fikrini o‘zgartirdi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino haliyam yarimhimoyachi Bastian Shvaynshtaygerni o‘z rejalaridan chiqarib tashlamaganini ma'lum qildi.
«Albatta, Shvaynshtayger yanvarda «MYu» bilan qolishi mumkin. Senda jamoa bilan shartnoma bo‘lsa, sen o‘z kelajagingni belgilashga haqqing bo‘ladi.
Bastian bizga yordam berishi mumkin. U ham boshqa futbolchilar kabi ko‘proq vaqt o‘ynashi uchun tinmasdan mehnat qilishi lozim. Yozda biz Shvaynshtaygerga kelajagi uchun boshqa bir qator variantlarni taklif qildik. Biroq u shunday sharoitda bo‘lishiga qaramay qolishga qaror qildi. U maydonga tushish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqda. Menga bunday odamlar yoqadi», – deya Mourinoning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
Mavsum boshida Mourino Bastian Shvaynshtaygerni o‘rinbosarlar jamoasiga jo‘natib yuborgandi. Keyinroq unga asosiy tarkib bilan ishlash imkoniyati berildi. Shvaynshtayger 30 noyabrda Angliya liga kubogi 1/4 final doirasidagi «Vest Hem»ga qarshi uchrashuvda (4:1) zaxiradan maydonga tushib, mavsumdagi birinchi uchrashuvini o‘tkazgandi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
🔴LIVE: Putinning og‘ir talablari va Trampning feyk tarqatishi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 14:37
-
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi
Jahon | 14:35
-
Xitoy, Rossiya va Eron barcha noqonuniy sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi
Jahon | 14:34
-
O‘zbekiston va Xitoy migratsiya sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 14:31
Mavzuga oid

12:13 / 16.11.2021
«Roma»dagi asosiy maqsad, Mourinoning boshqalardan farqi, «Paxtakor»ga o‘tmagani, Babayan, Kuper, Abramov va Katanets davri taqqosi – Shomurodov bilan intervyu

08:11 / 30.09.2020
Mourino-Lempard tortishuvi. Murabbiylar vaziyatga izoh berishdi

20:08 / 08.10.2019
Shvaynshtayger futbolchilik faoliyatini yakunladi

23:01 / 25.03.2019